Saharlarda, Keçir, Quralay, Ataylab Ate, Koroleva Jana, Bu qöşiqlarni turli xonandalar ijrosida eşitgansiz.
Ularni yozgan mualliflardan biri esa Eldor Qayumov.
U sönggi 10–15 yil davomida özbek estradasi uçun köplab hitlar yozgan.
Bugun uning sönggi bir neça yildagi işlariga töxtalamiz. Lekin avval muallifning özi haqida qisqaça.
Atrofimda’dan boşlangan yöl
Eldor Qayumov 1982-yilda Marğilonda tuğilgan bastakor, qöşiq matnlari muallifi, musiqa prodyuseri va ijroçi. Professional faoliyatini 2006-yilda Ilhom Yölçiyev, ya’ni DJ Piligrim bilan PILIGRIM RECORDS studiyasida boşlagan.
Öz ijrosidagi Atrofimda esa uni tinglovçilarga tanitgan.
Eldorning aytişiça, u turli san’atkorlar uçun 200 dan ortiq qöşiq yozgan. Avvalgi işlari orasida Munisa Rizayevaning Gollivud va Sakramento, Sardor Rahimxonning Ey Foriya, Dil sözning Jonim ozori taronalari ham bor. Bugun köproq Hitmaker nomi bilan tanilgan muallifning hamkorliklari bir neça avlod ijroçilarini birlaştiradi.
Dilnoz: aslida Hamdam Sobirov uçun yozilgan hit
Saharlarda’ning musiqasi va matnini Eldor Qayumov yozgan. 2024-yil boşida çiqqan bu taronaning Dilnozga yetib kelgunça öz hikoyasi bölgan.
Eldorning bizga aytişiça, qöşiq dastlab Hamdam Sobirovning buyurtmasi uçun yozilgan. Keyin boshqa ijroçilarga ham taklif qilingan, ammo oxir-oqibat Dilnoz kuylagan.
Muallifning eslaşiça, premyeradan oldin demo talqinining öziyoq uç kun içida Instagram’da keng tarqalgan. Qöşiq hitga aylangaç esa avval uni oliş imkoniyati bölgan ayrim xonandalar Eldorga bu taklifni eslatgan.
Dilnoz kuylagan Keçir’ning musiqasi va matni ham Eldorniki. Oşiqman’da esa u matnni yozgan, musiqa ustida Dilnoz bilan hammuallif sifatida işlagan.
Ğaybulla Tursunov: Quralay qanday yozilgan?
Eldorning sönggi yillardagi eng taniqli işlaridan yana biri Quralay. Ğaybulla Tursunov ijrosida keng tarqalgan qöşiq ustidagi iş August Records buyurtmasidan boşlangan.
Studiyadan Eldorga birinçi kuplet ğoyasi yuborilib, taronani yakunlab beriş taklif qilingan.
Uning aytişiça, u kupletlar matnini, naqoratning esa matni va musiqasini yozgan. Şu tariqa studiya ğoyasi, muallifning davomi va Ğaybulla ijrosi bir qöşiqda birlaşgan.
Botir Qodirov: bir qöşiq bilan çeklanmagan hamkorlik
Ataylab Ate, Ey gözal, Bidiş-bidiş va Koroleva Jana ham Eldorning Botir Qodirov uçun yozgan işlari qatorida. Ataylab Ate’ning musiqasi va matni unga teg işli. Bidiş-bidiş’da esa muallifning öz ovozi ham yangraydi.
Eldor bizga bu hamkorlik ayrim qöşiqlarda aranjirovkani ham qamrab olişini aytdi. Dil söz ijrosidagi Indallo’ni ham u özining sönggi işlari qatorida sanaydi.
Qöşiq öz ijroçisini qanday topadi?
Eldorning işlaş usuli turliça: ba’zan tayyor qöşiqni xonandaga taklif qiladi, ba’zan buyurtma asosida uning ovozi va uslubiga moslab yozadi.
Saharlarda bir neça ijroçiga taklif qilinib, Dilnozga yetib borgan. Quralay esa studiyadan kelgan ğoyani davom ettirişdan boşlangan. Siz eşitgan tayyor hitlarning ortida ana şunday hikoyalar bor.