Lola ijodiga yangi nafas, Ruhsora Emm uchun ilk katta hit, Shaxlo uchun esa yozning eng ko‘p muhokama qilingan qo‘shiqlaridan biri. Bu ishlar ortida musiqa prodyuseri va ijrochi Furcade.
O‘zi kuylaydi, boshqalarga ham yozadi
1997-yilda tug‘ilgan Furcade o‘z ijrochilik faoliyati bilan birga boshqa san’atkorlar uchun ham qo‘shiqlar yozadi. O‘zbekiston bozori uchun o‘zbekcha, MDH tinglovchilari uchun ruscha taronalar ustida ishlagan.
Ruscha ishlardan:
|
|
Faoliyati davomida turli ijrochilar va prodyuserlar, jumladan, marhum Bobur Umarov bilan ham hamkorlik qilgan. O‘z qo‘shiqlarini tinglaydiganlar uni ijrochi sifatida tanishi mumkin.
Lekin Furcade yozgan taronalarni eshitib, uning ismini bilmaydiganlar ham bor.

1979-2021
Quyida uning so‘nggi ikki yildagi o‘zbekcha ishlaridan ayrimlarini jamladik.
Lola: ijodga yangi nafas
Furcade va Yamadzhi Lola bilan hamkorlikda uning ijodiga yangi nafas olib kirdi. "O‘zicha" shu hamkorlikning yorqin natijalaridan biri bo‘lib qo‘shiq Lola’ni yangicha ohangda eshittirib, uning ijodidagi yangi bosqichni belgiladi.
Ruhsora Emm: ilk katta hit
Furcade yozgan Gaza Bas Ruhsora Emm’ning ilk katta hitiga aylandi. Qo‘shiq Yandex Music’ning O‘zbekiston chartida birinchi o‘ringa chiqdi.
Ularning hamkorligi Qafaslar, Malak va Oshiqman bilan davom etdi. Qafaslar’da Furcade’ning o‘zi ham kuyladi. Uning partiyasi ijtimoiy tarmoqlarda alohida tarqalib, qo‘shiqning eng esda qolarli qismlaridan biriga aylandi.
Shaxlo: yozning shov-shuvli relizi
Shaxlo uchun yozilgan "Q.zil" bu yozning eng ko‘p muhokama qilingan musiqiy voqealaridan biriga aylandi.
Keskin matni va dadil ijrosi bilan qo‘shiq Shaxlo’ning yakkaxon faoliyatiga e’tibor tortdi.
O‘zbek repiga o‘z gapi bor
Furcade’ning o‘z ijodida esa LOQAYD va TOZA ONG alohida turadi. Bu treklarni uning o‘zbek repidagi manifesti sifatida tinglash mumkin: ularda ijrochi o‘z qarashlari va munosabatini ilgari suradi.
Bizningcha, uning yetarlicha e’tibor qozonmagan albomi Furcade, Abbbose, Shox hamkorligida yozilgan
"TUNGI SHAHAR". Aynan shu loyiha Furcade’ga O‘zbekistonda "Yandex Music" tomonidan ilk katta promoko‘makni olib kelgan.
Furcade’ni boshqalarga yozgan hitlari orqali tanigan bo‘lsangiz, endi TUNGI SHAHAR’ni ham tinglab ko‘ring.