Tame Impala guruhining «Deadbeat» albomi ko'pchilikning e'tiboridan chetda qolgan bo'lsa kerak.

Bu juda oddiy va kutilgan holat.
Chunki aslida guruh unaqa katta "mass" auditoriaga ishlamaydi. Ruschalab aytganda «попса» emas. Shuning uchun ham albom unaqa kuchli piar qilingani yo'q. Katta marketing bilan yodimizda qolmadi.
Sababi albom avvalgilaridan ham ko'ra o'zgacharoq. Juda eksperimental va hatto qaysidur ma'noda konseptual. Oddiy tilda aytganda - haqiqiy ijod. Zamonaviy industriyaga aynan shunday g'oyalar yetishmayotgan edi. Playboi Carti muxlislarini hafa qilish niyatim yo'q, lekin 30 ta deyarli bir xil qo'shiqni jamlab albom chiqarish - too much edi.

Kevin Parker esa hammasini to'g'ri qildi deb o'ylayman.
Albomda raqsbob va qaysidur ma'noda xit qo'shiqlar ham, sokin-g'amgin taronalar ham, eksperimental musiqiy kompozitsiyalar ham bor.
O'zligidan voz kechmagan holda yangilik qilishga urunib ko'rgan. Va menimcha buni yaxshi uddaladi. Bir so'z bilan ta'rif berganda - albom oldingilaridan biroz sokinroq.
Kompyuter oldida ishlab o'tirganda, uzoq yo'lda ketayotganda yoki qandaydir ziyofatning birinchi "tanishuv" qismida qo'yiladigan musiqa bo'lgan.
Yaxshi ma'nodagi background music.

Haqli ravishda «Dracula», «Loser» va «End of Summer» qo'shiqlari muhlislar orasida yaxshi qabul qilinib, Spotifyda 30-40 million martta tinglandi.
Lekin faqat shu treklar yaxshi degani emas. Shunchaki boshqa taronalarini eshitish uchun shunga mos kayfiyat bo'lishi kerak. Umuman olib qaraganda Tame Impala - birinchi o'rinda yaxshi musiqa yozadi. Undagi matn, ma'no-mazmun va qanchalik trendlarga mosligi ikkinchi darajali narsa.
Muallif: Kunduziy