Nega o‘zbek musiqa industriyasi hali ham jahon darajasida emas?
Bugungi kunda jahon musiqa xaritasi keskin o‘zgargan: Janubiy Koreya (K-pop), Nigeriya (Afrobeats) va Kolumbiya (Reggaeton) kabi davlatlar o‘z tillarida kuylab, global chartlarni zabt etmoqda. O‘zbekistonda iste’dod va salohiyat yetarli bo‘lsa-da, industriya hali ham mahalliy yoki mintaqaviy darajada qolib keladi. Buning bir necha fundamental sabablari bor va men hozir bularni sanab o'taman.
O‘zbek ijodkorlarining aksariyati faqat o‘zbek auditoriyasi uchun kontent yaratadi.
Muammo faqatgina boshqa davlatdagilar o'zbek tilini tushunmasligida deb o'ylasangiz, juddayam katta hato qilasiz. Oddiy misol, ingliz yoki rus tilidagi aytilgan/yozilgan qo'shiqlardan bir donasi bo'lsa ham, hammani playlistida bor.
Siz u tilni mukammal bilasizmi yo'qmi - farqi yo'q, baribir qayta - qayta tinglaysiz.
Faqatgina siz emas, balki tinglovchilarning qanchadir foizi qo'shiqlarni shu tarzda eshitishadi. Global hit yaratish uchun hamma biladigan tildan foydalanish shart emas, chetda mashhur bo'lgan qo'shiqlarni o'zbek tilida ijro qilish (plagiat) bilan dunyo chartlarga chiqish ehtimoli juda kam. Ko‘p hollarda bizning qo‘shiqlarimiz faqat milliy mentalitet va ichki dardlarga (sevdim, kuydim, yaxshi ko'rgan insonimni to'yi bo'lyapti) yo‘naltirilgani uchun xorijlik tinglovchi unda o‘zi uchun yangilik topa olmaydi.

Dunyo standartlaridagi musiqa - bu faqat chiroyli ovoz emas, balki yuqori texnologik ishlov (mixing va mastering). Bizdagi ko‘plab studiyalarda hali ham "to‘y standartlari" ustunlik qiladi. Musiqiy bezaklarda originallik yetishmaydi; ko‘pincha G‘arb yoki Turkiya trendlarining "copy-paste" varianti yaratiladi. Dunyo esa nusxani emas, yangi va original tovushni qidiradi.
Ammo bir tomondan olib qaraganda, plagiat qo'shiqlar ko'p hollarda qisqa muddat ichida mashhurlikka erishadi. Chunki uni siz yaratmagansiz va qo'shiqning egasi shunchalik yaxshi mahsulot yaratganki, hattoki kimdirlar bu qo'shiqni qaytadan ijro qilishni ko'zlayapti.
Aytaylik siz bu qo'shiqni ijro qildingiz-u, lekin u tez tanilmasa, siz bundan hafa bo'lmaysiz.
Sababi plagiat mahsulotdan juddaya katta natija kutish bu - yozda qizil qor kutish kabidir.
O‘zbekistonda artist - bu ham produser, ham administrator, ham marketolog.
Jahon darajasida esa bu katta jamoaning ishi. Bizda professional musiqiy leyblar masalan, HYBE, Sony Music, Warner Music, Universal Music kabi rivojlanmagan.
Bir vaqtlar "Tarona Records" bo'lgan va haqiqatdan musiqiy industriya bo'lgan, lekin bu boshqa mavzu

Artistning strategiyasi yo‘q, u faqat "Instagram trendi" yoki "to‘y mavsumi" uchun ishlaydi.
Global bozorga chiqish uchun esa yirik investitsiya va uzoq muddatli xalqaro PR-strategiya kerak. Investitsiya deganda esa, hamma narsa ham pulga bog'liq emasligini aytib o'tmoqchiman. Musiqa industriyasi haqida gapirganda, investitsiya tushunchasi faqat bank hisobidagi raqamlar bilan o‘lchanmaydi. Global darajaga chiqish uchun puldan ham qimmatliroq resurslar kerak.
Musiqiy savodxonlik: Zamonaviy garmoniya va aranjirovkani bilish.
Original qo'shiq: Tayyor qoliplardan (shablonlardan) voz kechib, yangi janrlar yaratishga vaqt sarflash
Vizual kontent: Klip, kiyinish uslubi, ijtimoiy tarmoqlardagi imij — bularning barchasi artistning xalqaro "yuzi"ni shakllantiradi.
Sodiq auditoriya: Botlar yoki tasodifiy tinglovchilar emas, balki g‘oyaviy muxlislar bazasini qurish uzoq muddatli mehnat talab qiladi.
Pul studiya ijarasini to‘lashi mumkin, lekin u did (вкус) va strategiyani sotib ola olmaydi. O‘zbekistonda hozir aynan mana shu "aqlli investitsiya" yetishmayapti.
O‘zbekistonda asosiy daromad manbai streaming Spotify, Apple Music emas, balki to‘y xizmatlari hisoblanadi.
Bunga tinglovchilar ham tayyor bo'lishi kerak, telegram orqali qo'shiq eshitmasdan shu "bir ikki so'mni" obuna sotib olishga ayamaslik zarur
Artistlar daromad topish uchun xalqaro standartdagi eksperimental musiqadan ko‘ra, to‘ylarda talab qilinadigan "sahnabop, davrani qizdiruvchi" qo‘shiqlarga ko‘proq urg‘u berishadi.
Va albatta bu ijodkorlikni cheklaydi va san’atni tijoratga aylantiradi. To‘y formatida artist bir kunda bir nechta xizmatga borishi mumkin. Bu jismoniy jihatdan jonli aytishga ham imkon bermaydi.
ХULOSA
O‘zbek musiqa industriyasi jahon darajasiga chiqishi uchun "to‘y standartlari"dan voz kechib, o'zimizda bor dunyoni hayratga sola oladigan boy milliy meroslarimiz: shoshmaqom, folklor, noyob milliy ohanglarimizni zamonaviy sifatda jahon bozoriga "eksport" qila oladigan professional jamoalar hamda jasoratli produserlar tizimi qurilsa, vanihoyat o'zbek hitlari ham topga chiqish ehtimoli juda yuqori.