
2026-yil 15-mart kuni Los-Anjelesdagi Dolby Theatre’da kino sanoatining eng nufuzli mukofoti — Oskar marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu safar Akademiya mukofotlari 98-marta topshirildi va unda 2025-yilda chiqqan eng yaxshi filmlar hamda kino ijodkorlari 24 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Marosimni mashhur komik va teleboshlovchi Conan O’Brien olib bordi.
Bu yilgi Oskar kino tarixida juda qiziqarli natijalar bilan yodda qoldi. Kechaning asosiy g‘olibi “One Battle After Another” filmi bo‘ldi — u jami 6 ta mukofotni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi film” nominatsiyasida ham g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, “Sinners” filmi ham marosimning eng muhokama qilingan loyihalaridan biri bo‘ldi. Film 4 ta Oskarni qo‘lga kiritdi va asosiy aktyor nominatsiyasida ham g‘alaba qozondi.
Quyida Oskar-2026 marosimining barcha asosiy g‘oliblari keltirilgan.

ASOSIY NOMINATSIYALAR
Eng yaxshi film- One Battle After Another
Eng yaxshi rejissyor- Paul Thomas Anderson — One Battle After Another
Eng yaxshi aktyor- Michael B. Jordan — Sinners
Eng yaxshi aktrisa- Jessie Buckley — Hamnet
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor- Sean Penn — One Battle After Another
Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa- Amy Madigan — Weapons
SSENARIY NOMINATSIYALARI
Eng yaxshi original ssenariy- Ryan Coogler — Sinners
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy- Paul Thomas Anderson — One Battle After Another
BOSHQA MUHIM NOMINATSIYALAR
Eng yaxshi animatsion film- KPop Demon Hunters
Eng yaxshi animatsion qisqa metrajli film- The Girl Who Cried Pearls
Eng yaxshi xalqaro film- Sentimental Value (Norvegiya)
Eng yaxshi hujjatli film- Mr. Nobody Against Putin
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film- All the Empty Rooms
Eng yaxshi original qo‘shiq- Golden — KPop Demon Hunters
Eng yaxshi original saundtrek- Sinners
TEXNIK NOMINATSIYALAR
Eng yaxshi operatorlik ishi- Sinners
Eng yaxshi montaj- One Battle After Another
Eng yaxshi ovoz- F1
Eng yaxshi vizual effektlar-Avatar: Fire and Ash
Eng yaxshi dekoratsiya va sahna dizayni- Frankenstein
Eng yaxshi grim va soch turmagi-Frankenstein
Eng yaxshi kostyum dizayni- Frankenstein
Eng yaxshi kasting- Cassandra Kulukundis — One Battle After Another
QISQA METRAJLI FILMLAR
Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film- The Singers
Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film (durang natija)- Two People Exchanging Saliva
OSKAR-2026 NIMA BILAN ESDA QOLDI
Bu yilgi marosim bir nechta muhim jihatlari bilan tarixga kirdi.
Birinchidan, “One Battle After Another” filmi 6 ta mukofot bilan kechaning mutlaq g‘olibiga aylandi. Bu film nafaqat “Eng yaxshi film”, balki rejissyorlik, ssenariy, montaj va boshqa muhim nominatsiyalarda ham g‘alaba qozondi.
Ikkinchidan, “Sinners” filmi 16 ta nominatsiya bilan marosimga kirib kelgan va yilning eng ko‘p muhokama qilingan loyihalaridan biri bo‘ldi. Film natijada 4 ta Oskarni qo‘lga kiritdi.
Uchinchidan, operatorlik nominatsiyasida “Sinners” filmi uchun ishlagan Autumn Durald Arkapaw tarixga kirdi — u ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘lgan birinchi qora tanli ayol bo‘ldi.
Bundan tashqari, Norvegiyaning “Sentimental Value” filmi “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasida g‘olib chiqib, mamlakat kino sanoati uchun tarixiy natijani qayd etdi.
Shuningdek, bu yil Akademiya yangi mukofotni ham joriy qildi — “Eng yaxshi kasting”. Ushbu nominatsiyada “One Battle After Another” filmi uchun ishlagan kasting direktori Cassandra Kulukundis g‘olib bo‘ldi.
TIMOTHY CHALAMET ATROFIDAGI MOJARO

Aktor Timothy Chalamet mart oyining boshida bergan intervyusida opera va balet haqida aytgan gaplari sabab tanqidlar markaziga tushdi.
U “sun’iy ravishda saqlab turilishi kerak bo‘lgan sohada ishlashni xohlamasligini” aytib, misol sifatida aynan balet va operani tilga olgan.Bu fikr ko‘plab san’at vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Doja Cat, Whoopi Goldberg va hatto Londondagi mashhur Royal Opera House aktyorni klassik san’atga «hurmatsizlik» da aybladi.Bu mojaro aktyorning “A Complete Unknown” filmi uchun “Oskar“ mukofotidan ham mahrum qildi degan tahminlar bor.
XULOSA
Oskar-2026 yana bir bor kino sanoatidagi raqobat qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatdi. Turli janr va mamlakatlardan bo‘lgan filmlar mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Drama, animatsiya, hujjatli film va texnik yo‘nalishlar — barchasi bu yilgi marosimda o‘z o‘rnini topdi.
Oskar-2026 esa yana bir bor Gollivudning eng katta kino bayrami sifatida butun dunyo tomoshabinlarini birlashtirdi.